2025-yilning 24-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Orientation Days” tadbirlari doirasida Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi tomonidan universitetga yangi qabul qilingan talabalarga seminar tashkil etildi. Tadbirda talabalarga bo‘lim faoliyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari, ilmiy maqola va tezis yozish ko‘nikmalari, startap loyihalar hamda turli xil tanlovlar haqida ma’lumot berib o‘tildi. Talabalarning o‘qish faoliyati, universitetda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va startap g‘oyalar yaratish mavzularida o‘zaro fikr almashildi. Shu bilan bir qatorda, yig‘ilganlarga yuqori kurs talabalari tomonidan erishilgan yutuqlar, stipendiat talabalar uchun imkoniyatlar, iqtidorli talabalar, Yoshlar akademiyasi liderlari to‘g‘risida ma’lumot berildi va akademiya liderini saylash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Yoshlar akademiyasi lideri sifatida universitet 3-bosqich talabasi Sirojiddinova Shahrizoda Davronovnaning nomzodi ma’qullandi. Uning o‘quv va tashkiliy masalalardagi faoliyati, erishgan yutuqlari talabalarga ko‘rsatib o‘tildi.