UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Talabalar uchun tashkil etilgan Ma’rifat darsi O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rniga bag‘ishlandi

27.10.2025 1 daq o'qish 1

Talabalar uchun tashkil etilgan Ma’rifat darsi O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rniga bag‘ishlandi

Bugun Marketing hamda Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishining 2-bosqich talabalari uchun navbatdagi Ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi. Ushbu darsni fakultet dekani N. Xushvaqtov olib bordi.

Dars davomida talabalar O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rni, xalqaro aloqalarning ahamiyati hamda milliy qadriyatlarimizni dunyoga targ‘ib etish kabi muhim mavzularda fikr almashdilar.

Ma’rifat darsi talabalar qalbida vatanparvarlik, global fikrlash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga bo‘lgan intilishni yanada kuchaytirdi. Savol-javoblar va qiziqarli muloqot tarzida o‘tgan dars davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Ulashish: