“Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rahbariyati, jamoasi va talabalari qatagʻon qurbonlari xotirasini yod etish maqsadida Samarqand shahridagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi”ga tashrif buyurishdi.
Muzey xodimlari talabalar bilan qatag‘on davri tarixi, o‘sha davrda qurbon bo‘lgan vatandoshlarimizning hayoti va faoliyati haqida suhbatlashib, eksponatlar orqali tarixiy ma’lumotlarni atroflicha tushuntirib berishdi.