“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2026-yilning 23-25-fevral kunlari ilm-fan yo‘lida dastlabki, ammo muhim bosqich bo‘lmish — mustaqil izlanuvchilikka qabul uchun suhbat jarayonlari o‘z yakuniga yetdi. Suhbat jarayonlari iqtisosliklar kesimida tasdiqlangan imtihon dasturlari asosida yuqori tashkiliy darajada o‘tkazildi.
Qayd etish joizki, saralash jarayoni shaffof va adolatli tarzda tashkil etilib, har bir talabgorning bilim va ko‘nikmalari mutaxassislar tomonidan xolisona baholandi.
So‘nggi bosqichda suhbat natijalari oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizim — daraja.ilmiy.uz platformasi orqali har bir talabgorning shaxsiy kabinetiga yuborildi. Endilikda nomzodlar o‘z natijalari bilan tizim orqali tanishib, keyingi bosqichga tayyorgarlik ko‘rish imkoniga ega.