13.05.2026
1 daq o'qish
1
Birinchi xonim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan an’anaviy “Inson uchun” festivaliga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Ziroat Mirziyoyeva ijtimoiy loyihalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, shuningdek yoshlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlari bilan tanishdi.
Festival ijtimoiy himoya, inklyuziv bandlik va aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi tashabbuslarni ilgari surish maqsadida davlat tashkilotlari, biznes vakillari, banklar, xalqaro va jamoat tashkilotlarini birlashtirdi.