“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tyutorlari va talabalari bilan birgalikda
Samarqand viloyat musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan spektakl mehmoni bo‘lishdi.
Buyuk bobomiz Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan namoyish etilgan
“Adolat fasli” spektakli barcha tashrif buyurganlarda katta taassurot qoldirdi.
Sahna bezaklari, mahoratli aktyorlar ijrosi hamda o‘sha davrning mahobatli muhiti tomoshabinlarni go‘yo Temuriylar davriga olib kirgandek bo‘ldi.
Ushbu spektakl orqali talabalar nafaqat maroqli dam oldilar, balki tariximiz, milliy qadriyatlarimiz va buyuk ajdodlarimiz merosi haqida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo‘ldilar.
Bunday madaniy tadbirlar yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.