Nazariya bilan amaliyotning uyg‘unligi malakali mutaxassislar tayyorlanishida muhim omil hisoblanadi
2025-yil 17-dekabr kuni “Strategik menejment” fani doirasida Hotel UZB SAM hamda Mantour UZB SAM guruhlari talabalari uchun nazariyani amaliyot bilan uyg‘unlashtirish maqsadida Samarqand shahridagi besh yulduzli Hilton mehmonxonasiga amaliy tashrif tashkil etildi. Mazkur tashrif davomida talabalar mehmonxonaning boshqaruv tizimi, strategik rejalashtirish jarayonlari, xizmatlar sifati va xalqaro standartlarga asoslangan faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Amaliy mashg‘ulotlar orqali talabalar o‘zlarining nazariy bilimlarini real ish jarayonida mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tashrifga “Strategik menejment” fani o‘qituvchisi N.Sultanova rahbarlik qildi. Ushbu amaliy mashg‘ulot talabalar uchun muhim tajriba maktabi bo‘lib, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.