Samarqand shahridagi Yengil sanoat kasb-hunar texnikumi bitiruvchilari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.
Qabul va marketing mutaxassislari talabalarga universitet faoliyati, xalqaro hamkorlik aloqalari, dual ta’lim tizimi hamda talabalarning chet el stajirovkalari va ishga joylashish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, bitiruvchilar qabul imtihonlari, grant va kontrakt asosida o‘qish shartlari, universitetning moddiy-texnik bazasi bilan tanishdi.
Tashrif yoshlarda katta taassurot qoldirib, kelajak kasbini tanlashda muhim qadam bo‘ldi.