UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Muvaffaqiyat kaliti — mutolaada       

04.06.2026 1 daq o'qish 1

Muvaffaqiyat kaliti — mutolaada       

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida an’anaga aylangan “Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan talaba-yoshlar hayoti va ularning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Universitet rektori Muhsinjon Xolmuxamedov ishtirokida erkin muhitda o‘tgan uchrashuvda dastlab jahon adabiyotida mashhur bo‘lgan  100 ta kitobning ro‘yxati e’lon qilinди ва uning talabalar tomonidan mutolaasi podkast ko‘rinishida olinib, ijtimoiy tarmoqlarda berib borilishi aytildi.

 Ochiq va samimiy o‘tgan muloqotda  rektor talabalarga shaxsiy hayotiy tajribasi, muvaffaqiyat sirlari bilan o‘rtoqlashdi va har bir talaba o‘qishi lozim bo‘lgan bir nechta dunyoviy hamda milliy asarlarni tavsiya qildi. Shuningdek, universitetda kitobxon yoshlarni rag‘batlantirish bo‘yicha yangi loyihalar va tanlovlar yo‘lga qo‘yilishi haqida muhim ma’lumotlar berildi.

      “Biz turizm va madaniy meros sohasida jahon darajasidagi mutaxassislarni tayyorlayapmiz. Bunday yuksak maqsadga esa faqat chuqur bilim va keng dunyoqarash bilan erishish mumkin. Kitob o‘qigan inson nafaqat dunyoni anglaydi, balki boshqalarni ham ortidan ergashtira oladi”, — dedi universitet rahbari.

        Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob oldilar.

Ulashish: