UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi

27.10.2025 1 daq o'qish 1

Ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi

2025-yil 27-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ijarada yashovchi talabalarning hayotini muntazam o‘rganish maqsadida universitet mas’ullari ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

Jumladan, mas’ullar tomonidan Samarqand shahridagi ijara xonadonlarda yashovchi talaba qizlar — Sh. Ergashova va D. Do‘stovalarning yashash sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida talaba qizlar bilan darslarga o‘z vaqtida qatnashish, maishiy sharoitlar, yashash xonadonidagi qulayliklar, xonadonda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan video kuzatuv tizimlarining mavjudligi hamda talabalarning o‘qishga bo‘lgan mas’uliyati kabi masalalar yuzasidan muloqot olib borildi.

Ulashish: