2025-yil 15-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Qizlarjon” va “Lider qizlar” klubining navbatdagi yig‘ilishi “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida tashkil etildi. Tadbirga хotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova boshchilik qildi.
Yig‘ilishga universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, yoshlar yetakchilari, psixologlar hamda tajribali mutaxassislar taklif etildi. Mehmonlar tomonidan qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, liderlik salohiyatini rivojlantirish, stipendiyalar va xalqaro grantlar bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. Seminar-trening davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, foydali ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, “Jahon miqyosidagi lider ayollar” hamda gender stereotiplari mavzularida videoroliklar namoyish etildi. Yig‘ilish yakunida ishtirokchi qizlar yangi g‘oyalar atrofida birlashib, faol liderlar jamoasi shakllanayotganini namoyon etishdi.