“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2025-yil 20-noyabr sanasida universitet ilmiy hamjamiyati uchun nihoyatda muhim bo‘lgan navbatdagi seminar yuqori darajada tashkil etildi.
Tadbir davomida tadqiqotchilar uchun eng dolzarb va istiqbolli xalqaro ilmiy imkoniyatlar, jumladan global grantlar, ilmiy bazalar va zamonaviy muallif identifikatsiyasi tizimlaridan samarali foydalanish bo‘yicha chuqur tahlillar o‘tkazildi.
Seminarda ishtirokchilar amaliy ko‘nikmalar, real misollar va xalqaro tajribaga asoslangan yechimlar bilan tanishtirildi. Tadqiqotchilar uchun bugungi uchrashuv ilmiy loyihalarni rejalashtirish, grantlar yutib olish va global ilmiy maydonga chiqishda yana bir mustahkam qadam bo‘ldi.