Bugun, 1-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D. Turdiyeva tomonidan “Psixolog mehmonxonasi” klubining navbatdagi uchrashuvi tashkil qilindi.
Bu safargi tadbir kanadalik yozuvchi, motivator, notiq Robin Sharmaning butun dunyoga mashhur “O‘z “Ferrari”sini sotgan rohib” kitobi mutolaasiga bag‘ishlandi. Insonning o‘ziga bo‘lgan hurmati, ishonchi uning hayotini belgilab beradi. Kitob esa ana shu yo‘ldagi eng sodiq hamroh hisoblanadi. Kitobni o‘ziga do‘st bilgan ishtirokchilar ham ajoyib mutolaadan olgan anglashlari, o‘y-fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.
Asar syujeti asosida tuzilgan savol-javoblar viktorinasi ham juda qiziqarli, jo‘shqin tarzda o‘tdi. Bilimlar bellashuvida g‘olib bo‘lgan talabalarga mumtoz asarlar kitobi sovg‘a qilindi.