Bugun, 12-mart payshanba kuni Yoshlar kuni munosabati bilan "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Muhsinjon Xolmuxamedov Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi.
Tashrif davomida talabalar uchun yaratilgan yashash va dars tayyorlash sharoitlari, shuningdek ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishildi.
Rektor talabalar bilan muloqot davomida ularning fikr-mulohaza va takliflarini tinglab, mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ul mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berdi.