23.05.2026
1 daq o'qish
1
“Cultural heritage in Tourism” fanidan Rektor olimpiadasi o‘tkazildi
21-may sanasida Tarix va madaniy meros kafedrasi tashabbusi bilan “Cultural heritage in Tourism” fanidan Rektor olimpiadasi tashkil etildi. Olimpiadada universitetimizning 1-2 va 3-bosqichida ta’lim olayotgan jami 32 nafar bilimdon talabalar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Tanlov jarayonlari nizom asosida shaffof va adolatli tarzda tashkil etilib, barcha bosqichlar videokuzatuv ostida olib borildi.Yaqin kunlarda g’oliblar aniqlanib taqdirlanishadi.