Talabalarimiz “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda
Musobaqaning dastlabki kunida universitetimiz jamoasi yuqori natijalarni qayd etdi. Xususan, “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha jamoamiz hozircha respublika miqyosidagi TOP-10 talikdan joy olib turibdi. Mazkur yo‘nalishdagi bahslar hali yakunlanmagan bo‘lib, vakillarimiz oldinda turgan bosqichlarda ham munosib ishtirok etishda davom etmoqda.
Shuningdek, “Brain Ring” bahslarida universitetimiz jamoasi Samarqand oliy ta’lim muassasalari orasida ilk bor hamda mazkur musobaqada viloyatimiz nomidan qatnashgan jamoalar orasida yagona bo‘lib chorak final bosqichiga qadar yetib bordi. Yarim final yo‘llanmasi uchun kechgan murosasiz bahsda esa biroz omad yetishmadi. Shunga qaramay, bu natija universitetimiz intellektual harakati tarixidagi muhim yutuqlardan biri bo‘lib qoladi.
Talabalarimizga musobaqaning keyingi bosqichlarida ham muvaffaqiyat va yangi g‘alabalar tilaymiz!