26.02.2026
1 daq o'qish
1
Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etishda tyutorlar shtabining o‘rni
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida tyutorlardan iborat maxsus shtab tuzildi va ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur jarayon davlatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim omillaridan biri bo‘lib, aholining aniq soni, demografik tarkibi, yashash sharoiti, bandlik darajasi hamda boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha ishonchli va dolzarb ma’lumotlar bazasini shakllantirishga xizmat qiladi.