2025-yil 23-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Biznesni boshqarish, Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili, Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili, koreys tili, xitoy tili, Muzeyshunoslik, Arxeologiya yo‘nalishlariga qabul qilingan
1-bosqich talabalari uchun an’anaviy “ORIENTATION DAYS – 2025” tadbirining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida universitet prorektorlari so‘zga chiqib, talabalarga yaratilgan keng imkoniyatlar — zamonaviy o‘quv binolari, xalqaro dasturlar, xorijiy professor-o‘qituvchilar ishtirokidagi ta’lim jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Tadbir doirasida kafedralar tomonidan taqdimotlar tashkil etilib, professor-o‘qituvchilar talabalarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar berib, ular bilan bevosita muloqotda bo‘lishdi. рус ва инглиз тилларига таржима қилинг Talabalar universitet binolari, o‘quv auditoriyalari, kutubxona, innovatsion markaz, sport majmuasi hamda talabalar uchun yaratilgan boshqa sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga xalqaro standartlarga mos tarzda jihozlangan o‘quv xonalari va xorijiy professor-o‘qituvchilar ishtirokida dars olib borish imkoniyatlari haqida ham ma’lumot taqdim etildi.