2026-yilning 18–19-fevral kunlari Italiya poytaxti Rim shahridagi Roma Tre Universityda Oʻzbekiston va Italiya oliy taʼlim muassasalari rektorlarining Ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi.
Mazkur anjuman ilmiy-innovatsion hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida barqaror akademik aloqalarni rivojlantirish hamda qoʻshma loyihalarni kengaytirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Forumda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari ham faol ishtirok etib, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va qoʻshma tashabbuslarni ilgari surish yuzasidan qator uchrashuvlar oʻtkazdi.
Forum davomida ikki mamlakat universitetlari oʻrtasida:
🔹 akademik mobillikni kengaytirish
🔹 qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish
🔹 ilmiy tadqiqotlar boʻyicha hamkorlikni kuchaytirish
🔹 professor-oʻqituvchilar almashinuvini faollashtirish
masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ushbu forum Oʻzbekiston va Italiya akademik hamjamiyatlari oʻrtasidagi muloqotni yangi bosqichga olib chiqib, istiqboldagi samarali hamkorliklar uchun mustahkam zamin yaratdi.