Samarqanddagi Sejon instituti tomonidan Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasiga turli darajalardagi talabalar uchun mo‘ljallangan koreys tili darsliklari topshirildi. Ushbu ma’rifiy tashabbus institutning koreys tili va madaniyatini rivojlantirish, shuningdek, talabalarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarining bir qismi sifatida e’tirof etilmoqda.
Darsliklar kafedraning kitobxona fondiga qo‘shilib, hozirdan boshlab barcha talabalar uchun ochiq bo‘ldi. Ular koreys tilini boshlang‘ich, o‘rta va yuqori savihalarda mustaqil yoki o‘qituvchilar rahbarligida o‘rganish imkonini beradi. Ayniqsa, darsliklarda zamonaviy usullar, dialoglar, audio va video materiallar, amaliy mashqlar ko‘plab o‘rin olgan.
Institut vakillari esa kelgusida ham hamkorlikni davom ettirish, o‘quv materiallari bilan ta’minlash, o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha seminarlar tashkil etishga tayyorliklarini bildirdi.