Universitetimiz talabalari o‘rtasida Ona vatanga muhabbat, sadoqat va vatanparvarlik ruhini yanada oshirish, ularni yurt himoyachisi, oila qo‘riqchisi ekanligini qalbida his etishini keng targ‘ib qilish maqsadida Markaziy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismga tashrifi amalga oshirildi. Ular harbiy qismda, harbiy xizmatchilarning hayoti, milliy armiyamizdagi islohotlar va harbiy soha rivoji bilan tanishdilar.
Tadbir doirasida talabalarga harbiy qismning kundalik faoliyati, zamonaviy harbiy texnika va qurol-yarog‘lar namoyish etildi.
Shuningdek, talabalar harbiy xizmatchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Tashrif yakunida talabalar bu uchrashuv ularda katta taassurot qoldirganini, Vatan himoyachilariga bo‘lgan hurmat va ehtirom tuyg‘usi yanada kuchayganini ta’kidlab, bunday tadbirlar yoshlarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.