O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 21-apreldagi 01-16-241-son xati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-135-son va “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-269-son qarorlari ijrosi doirasida 2026-yil 23-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari Imom al-Buxoriy majmuasiga ma’rifiy sayohat uyushtirdilar.
Tashrif davomida ishtirokchilar buyuk muhaddis Imom al-Buxoriyning boy ilmiy-ma’naviy merosi, majmuada yaratilgan sharoitlar hamda ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan Innovatsion muzey ekspozitsiyalari ko‘zdan kechirilib, alloma hayoti va faoliyatiga oid qimmatli ma’lumotlar olindi.
Mazkur sayohat professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlarning tarixiy hamda madaniy merosimiz haqidagi bilimlarini boyitish, ziyorat turizmi imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish va turizm sohasidagi amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.