UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Eng faol yil talabasi – 2025” respublika tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi

14.11.2025 1 daq o'qish 1

“Eng faol yil talabasi – 2025” respublika tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Eng faol yil talabasi – 2025” respublika tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda turli ta’lim yoʻnalishlaridan faol, tashabbuskor va iqtidorli talabalar ishtirok etib, o‘zining bilim, salohiyat hamda jamoatchilik faolligini namoyish etdi. Tanlovning universitet bosqichi doirasida ishtirokchilar bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha baholandi:

• Ta’limdagi yutuqlar va innovatsion g‘oyalar

• Ilmiy-tadqiqot faoliyati

• Ijtimoiy loyihalar va volontyorlik ishlari

• Madaniy-ma’rifiy tashabbuslar

• Sport va san’at sohasidagi natijalar

Mazkur tanlov talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish, ularning faolligini oshirish hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Ulashish: