Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Tarjimada rus tili: mening nigohim” insholar ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

21.10.2025 1 daq o'qish 95

“Tarjimada rus tili: mening nigohim” insholar ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tashabbusi bilan universitetimiz talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “Tarjimada rus tili: mening nigohim” insholar ko‘rik-tanlovida bir guruh iqtidorli talabalar g‘olib deb e’lon qilindi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra:

1-o‘rin — Akramova Hadicha (FLJ)

2-o‘rin — Xayrullayeva E’zoza (TTCH)

3-o‘rin — Nugmanova Leyla (TTCH)

G‘oliblarni “Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi mudiri hamda professor-o‘qituvchilari sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladilar. Bu kabi tanlovlar talabalarning tarjima ko‘nikmalarini mustahkamlash, ijodiy yondashuvini rivojlantirish hamda til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Galereya

Ulashish: