Bugun, 10-iyun kuni universitetimiz bitiruvchilario‘rtasida e’lon qilingan “Mening O‘zbekistonim” videolavhalar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Universitet PR va matbuot bo‘limi tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlovda talabalar tomonidan tayyorlangan ko‘plab videoroliklar taqdim etildi. Videolavhalarda talabalarimiz Vatanimizning betakror go‘zalliklarini, tarixiy obidalarini, muqaddas maskanlarini namoyish etish barobarida, Ona Vatanni madh etishga alohida e’tibor qaratishgan. Tadbir davomida eng sara videorolik mualliflari sertifikatlar bilan taqdirlandi. Bu kabi tanlovlar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, faxr va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.