UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetda “Eng namunali halollik to‘garagi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

26.05.2026 1 daq o'qish 1

Universitetda “Eng namunali halollik to‘garagi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-martdagi 01-23-189-son chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash, talabalar o‘rtasida halollik, akademik poklik va korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashga munosabatni shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan universitet Komplaens bo‘limi tomonidan “Eng namunali halolik to‘garagi” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda talabalar tomonidan tayyorlangan korrupsiyaga qarshi kurashishning turli targ‘ibot yo‘llari xususan videokontent, flayer hamda talabalar o‘rtasida so‘rovnoma shakllaridan foydalanishganligini namoyish qilishdi. Hakamlar hay’ati bir ovozdan 3 ta jamoani g‘olib deb topdi. G‘oliblarni taqdirlash tadbirida universitet rektori Muhsinjon Xolmuxamedov ishtirok etib, yoshlarda halollik va korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir so‘nggida g‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar topshrilib, pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra,

1-o‘rin:

• Djurakulova Mehribon Feruz qizi (TTE-225)

• Hamroqulova Dildora Fazliddin qizi (TTE-225)

• Shoinova Mexribon Xojikurbonovna (TTE-225)

2-o‘rin:

• Nuraliyeva Shahnoza Sherali qizi (ECH-125)

• Husanova Sevinch (ECH-125)

• Doniyorova Diyora (ECH-125)

3-o‘rin:

• Xamrokulov Xushnudjon Djaxongirovich (Log-125)

• Hazratov Sherzod Ozod o‘g‘li (Log-125)

• Esonova Shahzoda Qalandar qizi (TTK-125)

Barcha tanlov g‘oliblarini muborakbod etamiz.

Ulashish: