UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Xalqimizning buyuk adiblari ijodi talabalar talqinida

02.06.2026 1 daq o'qish 1

Xalqimizning buyuk adiblari ijodi talabalar talqinida

"Tillar va global tadqiqotlar" kafedrasi dotsenti, I.Ablakulova atoqli o‘zbek adibi Odil Yoqubov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazdi. Unda talabalar adibning hayoti, serqirra ijodi hamda o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida gapirib berishdi.  

Davra suhbati tarzida o‘tgan tadbirda yozuvchining Muzqaymoq asari yuzasidan atroflicha fikr almashilib, asarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oyalar va badiiy xususiyatlari tahlil qilindi.

Tadbir doirasida savol-javoblar tashkil etilib, talabalar o‘z bilim va mulohazalarini namoyon etdilar. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar esdalik sovg‘alari va kitoblar bilan taqdirlandilar.

Ulashish: