"Tillar va global tadqiqotlar" kafedrasi oʻqituvchisi T.Abdulloyev tomonidan atoqli o‘zbek adibi, ma’rifatparvar, dramaturg va jamoat arbobi Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda talabalar adibning hayoti va faoliyati, serqirra ijodi hamda o‘zbek adabiyoti va milliy uyg‘onish harakatiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ma’lumot berdilar.
Davra suhbati tarzida o‘tgan tadbirda Fitratning hayoti va ijodiy merosi yuzasidan atroflicha fikr almashilib, uning asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar, milliy o‘zlikni anglash, ma’rifat va taraqqiyot masalalari tahlil qilindi.
Tadbir doirasida savol-javoblar tashkil etilib, talabalar o‘z bilim va mulohazalarini namoyon etdilar.