Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Tinch va osoyishta kelajak sari: "Ipak yo‘li" universitetida mustaqillik darsi!

08.09.2026 1 daq o'qish 26

Tinch va osoyishta kelajak sari: "Ipak yo‘li" universitetida mustaqillik darsi!

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” ezgu g‘oyasi ostida “Kelajak soati” rukni ostida “Mustaqillik soati” darslari o‘tkazildi.
Tadbirda universitet dekani N.Xushvaqtov ma’ruza qilib, istiqlolning tarixiy ahamiyati, milliy o‘zlikni anglash va qadriyatlarimizni asrab-avaylash masalalariga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlarning mazmun-mohiyati talaba-yoshlarga atroflicha tushuntirib berildi.
Interaktiv va samimiy ruhda o‘tgan "Mustaqillik soati" davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga da’vat etildilar.

Galereya

Ulashish: