Bugun 28-mart kuni universitet Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan Samarqand viloyati OITSga qarshi kurashish markazi shifokori Akbarali Jòrayevning muloqoti tashkil qilindi.
Мutaxassis talabalarga ushbu asr vabosi bo‘lgan kasallik va uning kelib chiqishi tarixi xususida ma'lumotlar berdi. Talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.