07.05.2025
1 daq o'qish
1
Bugun 7-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faollar zalida Indoneziyaning Toshkentdagi elchixonasi bilan hamkorlikda mashhur “Rumah Angklung feat Arunika Angklung” jazz jamoasi o‘zining konsert dasturini namoyish qildi.
Konsert dasturida jaz musiqasining eng ko‘ngilga yaqin taronalari kuylandi. Dasturda universitetimiz talabalari ham faol ishtirok etib Indoneziyaning milliy cholg‘u asbolarida ansambl bilan birgalikda kuylar chalishdi. Bu esa dasturni yanada qiziqarli va taassurotlarga boy bo‘lishiga xizmat qildi.