Ushbu darsliklarni topshirishga bag‘ishlangan tadbirda Koreya Merosi Agentligi Boshqaruv va rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Kim Dongha boshchiligidagi mehmonlar hamda universitetimiz rahbariyati va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Koreya Madaniy meros agentligi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari va istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Konservatsiya nazariyasi faniga oid darsliklar o‘zbek va ingliz tillarida bo‘lib, ular universitet kutubxonasiga topshirildi. Endilikda ushbu darsliklardan oliygoh professor-o‘qituvchilari va talabalari foydalanib, o‘z bilimlarini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.