10.04.2025
1 daq o'qish
1
Bugun 10-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Sport va milliy o‘yinlar” kuni tashkil etildi.
Kun davomida universitet talabalari zamonaviy sport va an’anaviy o‘zbek milliy o‘yinlarini o‘ynagan holda o‘zaro kuch sinashishdi. Jumladan: arqon tortish, chillak, stol tennis, badminton voleybol va boshqa o‘yinlar tashkil etilib unda talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi. Bu kabi o‘yinlar ajdodlarimizdan qolgan qadriyatlarni ulug‘lash yo‘lidagi yana bir muhim qadam hisoblanadi.