Mehmonlar dastlab universitet kampusi bilan yaqindan tanishishdi. Shundan so‘ng universitet rahbariyati bilan muloqot o‘tkazildi. Muloqot davomida Daniya universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va o‘zaro tajriba almashish kabilar muhokama qilindi. Shuningdek mehmonlar tashrif doirasida bir guruh samarqandlik yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.