“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talabalarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli va bilimli yoshlarni aniqlash hamda ularning mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Rektor olimpiadasi” doirasida Turizm fan olimpiadasi tashkil etildi. Mazkur olimpiada 2025–2026-o‘quv yili yakunlariga bag‘ishlangan holda 21–22-may kunlari o‘tkazilib, unda turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘z bilim, tahliliy fikrlash va kasbiy kompetensiyalarini sinovdan o‘tkazdilar. Olimpiada davomida ishtirokchilarning turizm nazariyasi, turizm menejmenti, mehmondo‘stlik sohasi, turistik xizmatlar, destinatsiyalarni boshqarish, marketing va zamonaviy turizm rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha bilimlari baholandi. Ushbu tashabbus talabalarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni respublika va xalqaro miqyosdagi tanlov hamda olimpiadalarga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.