“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi dotsenti v.b., PhD U.Otayarova hamda tyutor G.Mirzoqobilova ishtirokida universitetning ijodkor talabalari bilan Akademik Aziz Qayumov va taniqli shoira Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligi hamda O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bag'ishlangan adabiy-badiiy kecha tashkil qilindi.
Adabiy-badiiy kecha A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida oʻtkazildi. Adabiy kechada talabalar Saida Zunnonova va Abdulla Oripovning she’rlaridan namunalar aytishdi. A.Qayumovning ilmiy va ijodiy faoliyati PhD, dots.v.b. U.Otayarova tomonidan tushuntirib berildi.