Turistik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi
17–18-sentabr kunlari Xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyot kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Samarqand tumanida faoliyat yurituvchi turistik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar xodimlarining kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan malaka oshirish kurslari hamda seminar-treninglar tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar davomida turizm sohasida xizmat ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirish, zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda soha xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar-treninglar ishtirokchilar uchun o‘zaro tajriba almashish, dolzarb masalalarni muhokama qilish va turistik xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy bilimlarni mustahkamlash uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qildi.