“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2-bosqich talabalari uchun “Kelajak soati” rukni doirasida “Muqaddas ayol” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi. Mazkur tadbir yoshlar ongida ayol zotiga hurmat, ehtirom va yuksak qadriyatlarni shakllantirish, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini yanada chuqur anglashga qaratildi.
Dars avvalida universitet Xotin-qizlar kengashi raisi so‘zga chiqib, ayolning oila va jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, uning ma’naviy tarbiya berishdagi mas’uliyati hamda bugungi kunda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, talabalarga ayollarga nisbatan hurmat va ehtiromni saqlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lish muhimligi ta’kidlandi.