23.09.2026
1 daq o'qish
76
UNIVERSITET JAMOASI IMOM AL-BUXORIY MAJMUASIGA TASHRIF BUYURDI
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari uchun 23-sentabr kuni Payariq tumanidagi Imom al-Buxoriy majmuasiga sayohat tashkil etildi.
Tashrif davomida ishtirokchilar buyuk muhaddis Imom al-Buxoriyning boy ilmiy-ma’naviy merosi, majmuada ziyoratchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda hududda ziyorat turizmini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan innovatsion muzey ekspozitsiyalari ko‘zdan kechirib, allomaning hayoti va ilmiy faoliyatiga oid qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.