Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitet o‘qituvchisi Sankt-Peterburg davlat universitetida tashkil etilgan yozgi maktabda malaka oshirdi

19.08.2026 1 daq o'qish 81

Universitet o‘qituvchisi Sankt-Peterburg davlat universitetida tashkil etilgan yozgi maktabda malaka oshirdi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi o‘qituvchisi Dilfuza Marupova Sankt-Peterburg davlat universitetida tashkil etilgan Rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari uchun IV yozgi maktabda malaka oshirdi.

Joriy yilda mazkur xalqaro ta’lim loyihasida 23 ta davlatdan 80 nafardan ortiq o‘qituvchi ishtirok etdi. Dasturda O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Hindiston va boshqa davlatlardan kelgan mutaxassislar qatnashdi.

Yozgi maktab doirasida ishtirokchilar rus tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodlari, raqamli ta’lim resurslaridan samarali foydalanish hamda rus tilini chet tili sifatida o‘rganuvchilarni test sinovlariga tayyorlashning o‘ziga xos jihatlari bilan tanishdilar.

Ta’lim jarayonida, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini rus tili va adabiyotini o‘qitishga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar sun’iy intellekt imkoniyatlaridan ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quv materiallarini ishlab chiqish va o‘qitish metodikalarini takomillashtirishda foydalanish yo‘llarini o‘rgandilar.

Mazkur yozgi maktabda ishtirok etish “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilarining xalqaro tajriba almashishi, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirishi hamda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishiga xizmat qiladi.

Galereya

Ulashish: