Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetda insho tanlovida faol ishtirok etgan talabalar taqdirlandi

22.09.2026 1 daq o'qish 95

Universitetda insho tanlovida faol ishtirok etgan talabalar taqdirlandi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Mustaqil O‘zbekiston — mening faxrim” hamda “Buyuk istiqlolimizning uch ming yillik ildizlari” mavzularidagi insho tanlovida faol ishtirok etgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, milliy g‘urur va tarixiy xotirani yuksaltirish, mustaqillikning mazmun-mohiyati hamda qadr-qimmatini chuqur anglash, shuningdek, talabalarning ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Taqdirlash marosimida tanlovda faol ishtirok etgan talabalarga tashakkurnomalar topshirildi.

Galereya

Ulashish: