Universitetda talabalar uchun turar-joy ma’lumotlar markazi faoliyat olib bormoqda
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talabalarni turar joy bilan ta’minlash maqsadida ma’lumotlar markazi tashkil etilgan bo‘lib markazda talabalarning shaxsiy murojaatlari qabul qilinadi, ularga universitetning talabalar turar joylari, shuningdek, shahardagi ijara xonadonlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etilmoqda. Ma’lumotlar doimiy yangilanib boriladi va har bir talabaning ehtiyojiga mos variantlar taklif etiladi.
Bundan tashqari, markaz faoliyatida mas’ul xodimlar, tyutorlar va ko‘ngilli yordamchilar (volontyorlar) faol ishtirok etmoqda. Ular nafaqat axborot beradi, balki talabalar va ularning ota-onalariga turar joy tanlash, hujjatlarni rasmiylashtirish va joylashish jarayonlarida amaliy yordam ko‘rsatadi.
Markazning asosiy maqsadi – talabalar uchun qulay, xavfsiz va arzon uy-joy imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, ularning o‘qishga moslashuvini tezlashtirishdir.