04.09.2026
1 daq o'qish
271
Universitetimiz xorijiy talabalarni jalb etish bo‘yicha milliy reytingda TOP-10 talikdan joy oldi
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan shakllantirilgan xorijiy talabalarni jalb etish darajasi bo‘yicha oliygohlar reytingi natijalariga ko‘ra, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi oliygohlar orasida 1,25 ball bilan 8-o‘rinni egalladi.
Mazkur natija universitetning xalqaro jozibadorligini oshirish, xorijiy talabalarni jalb etish geografiyasini kengaytirish hamda xalqaro ta’lim muhitini rivojlantirish borasidagi tizimli faoliyatining muhim natijalaridan biridir.