Universitetimizda “Qog‘ozsiz bir kun” aksiyasi o‘tkazildi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ekologik mas’uliyatni oshirish, qog‘oz sarfini kamaytirish hamda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish madaniyatini rivojlantirish maqsadida “Qog‘ozsiz bir kun” aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiya davomida universitetning ish jarayonlarida hujjat va xizmat yozishmalarini imkon qadar elektron shaklda amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu orqali qog‘ozdan foydalanishni kamaytirish, ish jarayonlarini raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalardan yanada samarali foydalanish targ‘ib qilindi.
Turizm va madaniy meros sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasi sifatida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni asrashga bo‘lgan mas’uliyat alohida ahamiyat kasb etadi.
🌱 Barqaror kelajak — bugungi mas’uliyatli tanlovimizdan boshlanadi!