O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli anjumanda O‘zbekiston va Xitoyning 100 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etib, ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim tizimini yanada rivojlantirish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Forumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratboy Sharipov hamda Xitoy Xalq Respublikasining Ta’lim vaziri Xuay Jinpen so‘zga chiqib, ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash va yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari haqida fikr bildirdilar.
Universitetimiz delegatsiyasi tarkibida ma’muriy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Dilmurod Nasimov hamda ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Tongqian Zou forumda faol ishtirok etdilar. Tadbir doirasida ular Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti, Pekin texnologiya instituti va Pekin shahar universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muhim bitimlarni imzoladilar.
Mazkur kelishuvlar doirasida:
• qo‘shma ilmiy jurnal tashkil etish,
• xitoylik volontyor o‘qituvchilarni ta’lim jarayoniga jalb etish,
• madaniy meros va turizm sohalarida qo‘shma tadqiqotlar olib borish,
• qo‘shma PhD dasturlarini yo‘lga qo‘yish,
Ushbu forum O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim yo‘nalishida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, ilmiy va innovatsion aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.