UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitet inspektori 1-bosqich talabalari bilan yaqindan muloqot qildi

24.09.2025 1 daq o'qish 1

Universitet inspektori 1-bosqich talabalari bilan yaqindan muloqot qildi

Bugun, 24-sentabr kuni, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tkazilayotgan Tanishtiruv haftaligi doirasida universitet inspektori Shukur Qurbonov 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida talabalarga universitetning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq me’yorlari, ta’lim jarayonida xavfsizlik va intizomga rioya etishning ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, talabalar bilim olish jarayonida mas’uliyatli bo‘lishi, bir-biriga hurmat ko‘rsatishi, universitet nufuzini oshirishda faol ishtirok etishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

Ulashish: