“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi mudiri, PhD Sultanov Tulkin Irgashevich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi kengashining tavsiyasiga koʻra “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoniga ega boʻldi.
Universitetimiz jamoasi nomidan Sultanov Tulkin Irgashevichni ilmiy soha taraqqiyoti yo‘lidagi yuksak muvaffaqiyati bilan muborakbod etamiz va yutuqlari bardavom bo‘lishini tilaymiz.