Turizm va madaniy meros fakulteti dekani Nodir Xushvaqtov Xitoyning Central Academy of Cultural and Tourism Administration tomonidan tashkil etilgan “Global sivilizatsiya tashabbusi doirasida nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, avloddan-avlodga yetkazish va rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro o‘quv seminarida ishtirok etdi.
Mazkur seminarda 10 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etib, nomoddiy madaniy merosni saqlash, boshqarish, rivojlantirish hamda uni zamonaviy turizm bilan uyg‘unlashtirishning ilg‘or usullari muhokama qilindi.
Seminar doirasida fakultet dekani Nodir Xushvaqtov O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, universitetimizning turizm, madaniy meros, ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlaridagi faoliyati haqida ishtirokchilarga taqdimot o’tkazdi.
Tadbir ishtirokchilari uchun tashkil etilgan amaliy tashriflar davomida Pekin, Guanchjou va Chaochjou shaharlaridagi madaniy meros obyektlari, muzeylar, turizm hududlari hamda nomoddiy madaniy meros markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Xalqaro o‘quv seminarining yakuniy bosqichida Nodir Xushvaqtov seminar dasturini muvaffaqiyatli tamomlagani uchun Akademiya prezidenti Ma Feng tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.