Oliy ta’lim muassasalarida shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini chuqur o‘rganishni samarali tashkil etish, yoshlarning adabiyotga qiziqishini yanada oshirish, ularni kitob o‘qishga da’vat etish va shu asosda ularning qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tanlovning universitet bosqichida talabalar test sinovidan o‘tdilar. Sinov davomida talabalar shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodiga oid savollarga javob berdi.