2026-yil 14–18-aprel kunlari “Turizm” kafedrasi o‘qituvchilari “International University of Tourism and Entrepreneurship of Tajikistan” tomonidan tashkil etilgan “Partnership for Sustainable Development: Green. Digital. Smart” nomli xalqaro forumda ishtirok etdilar.
Forumning ochilish marosimida qatnashgan delegatsiya zamonaviy turizmda barqaror rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari – “yashil iqtisodiyot”, raqamli texnologiyalar va “aqlli” boshqaruv yondashuvlari bo‘yicha xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, delegatsiya universitet tomonidan tashkil etilgan Navruz bayramida ishtirok etdi va Tojikiston xalqining milliy urf-odatlari, an’analari va madaniy qadriyatlari bilan yaqindan tanishdi.
2026-yil 16-aprel kuni forum doirasida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada o‘qituvchilarimiz Sh.Toyirova va D.Mardonova o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. O‘qituvchilarimiz ma’ruzalarida barqaror turizmni rivojlantirishda ekologik yondashuvlar va raqamli texnologiyalarni integratsiya qilish masalalari haqida aytishdi.